
Iqtisod
Oʻzbekistonda logistika va operatsiyalarni optimallashtirishga oid yangi nashr
Oʻzbekiston sanoati va logistika tizimlarida samaradorlikni oshirish masalalariga bagʻishlangan yangi ilmiy-amaliy asar nashr etildi. Baxtiyorjon Komilov muallifligidagi “Oʻzbekistonda taʼminot zanjiri: operatsiyalar va optimallashtirish” kitobida zamonaviy taʼminot zanjiri boshqaruvi va operatsiyalarni optimallashtirish boʻyicha xalqaro yondashuvlar mamlakatimizning iqtisodiy sharoitlari bilan bogʻliq holda talqin etilgan. Mazkur nashr oʻzbek tilidagi ixtisoslashgan adabiyotlar rivojiga hissa qoʻshishi bilan eʼtiborga molik.
